Hurmatli foydalanuvchilar!
Fuqarolarning murojaatlari ular kelib tushgan va ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran o‘n besh kun mobaynida ko‘rib chiqiladi.
OAVlarning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi faoliyatiga oid ma’lumotlarni olish to‘g‘risidagi so‘rovlari, shuningdek hududiy boshqarma rahbariyati bilan intervyularni uyushtirish bo‘yicha so‘rovlari yetti kun mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Murojaatda keltirilgan holatlar hududiy boshqarma vakolatlari doirasiga kirmagan hollarda, murojaat ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran uch kun mobaynida vakolatli davlat organiga yuboriladi va ushbu to‘g‘risida murojaatchi xabardor qilinadi.
Rasmiy nashrlarda, OAVlarda chop etilgan yangiliklar, yoxud rasmiy veb-saytlarga joylashtirilgan axborotlarga taalluqli bo‘lgan murojaatlarda rasmiy nashrning nomi, tartib raqami va chiqqan sanasi ko‘rsatilgan url-yuklash ko‘rsatilishi shart.
Agar Qo‘mitada tushgan murojaat bo‘yicha javob bera olishi mumkin bo‘lgan vakolatli davlat hokimiyati va boshqaruvi organi to‘g‘risida ma’lumot yo‘q bo‘lsa, u holda murojaat ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran uch ish kuni mobaynida ushbu to‘g‘risida foydalanuvchiga javob xati yuboriladi.
Agar murojaat qondirilmasa, ushbu to‘g‘risida murojaatchiga asoslangan javob xati yuboriladi.













