➡️O‘tkazilgan o‘rganish jarayonida, Hazorasp tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan maxsus axborot portali orqali umumiy qiymati 829,1 mln. so‘mlik 4 ta eng yaxshi takliflarni tanlash bo‘yicha lotlar bilan tanlov savdolari o‘tkazilganligi kuzatildi.
➡️Ushbu tanlov savdolarida ishtirok qilgan talabgorlar tomonidan belgilangan baholash mezonlariga muvofiq tegishli ma’lumot va hujjatlar taqdim qilingan bo‘lsada, Hazorasp tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 4 ta tanlovlarda ham g‘olib deb topilgan “BUYUK SOVDO” MCHJ hamda zaxira g‘olibi deb topilgan “HAZORASP ELDARADO” MCHJ yuqori ballar bilan baholangan va savdolarda ishtirok etgan boshqa talabgorlar asossiz ravishda past ballar bilan baholangan holda savdolardan chetlashtirilgani ma'lum bo'ldi.
➡️Yuqoridagilarga asosan, hududiy boshqarma tomonidan Hazorasp tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga ushbu o‘tkazilgan tanlov savdolarini bekor qilinishini ta’minlash yuzasidan tegishli so‘rov xati yuborildi hamda tanlov savdolarida kuzatilgan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan huquqiy baho berilishi uchun hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qilindi.